Yoshlar bilan ochiq muloqot va yoshlarni qo’llab quvvatlash

         So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati keskin faollashdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan ochiq muloqotlar aynan yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning taklif va muammolarini amaliy echimga yo‘naltirishga xizmat qilmoqda. Aynan shu ruhda, 2025-yil 26-martda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni yoshlar siyosatining huquqiy asosi sifatida muhim hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur Farmon O‘zbekiston tarixida ilk bor muhokama asosida shakllangan keng ko‘lamli hujjat bo‘lib, yoshlarning ta’lim, kasb-hunar, bandlik, ijtimoiy himoya, huquqiy savodxonlik, ekologik xavfsizlik va axborot texnologiyalari sohalaridagi ehtiyoj va muammolarini to‘liq qamrab olgan. Unda 100 mingdan ortiq yoshlarning bevosita takliflari asosida shakllangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan 100 dan ortiq aniq vazifalar belgilangani bilan farqlanadi. Bu esa, ushbu hujjatni oddiy farmondan ko‘ra, tizimli, kompleks va istiqbolli harakatlar rejasi sifatida ko‘rishga asos bo‘ladi. Farmonning dolzarbligi shundaki, u markaziy va hududiy hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, mahalliy kengashlar, sud tizimi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun ijro mexanizmini belgilaydi. Ayniqsa, bu jarayonda sud tizimi va sudya yordamchilarining mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Ular faqat nazorat funksiyasini emas, balki yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, ularni qonun doirasida harakat qilishga yo‘naltirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonch ko‘prigini mustahkamlashdek vazifalarni
ham bajarishadi.

Farmonning asosiy mazmuni va ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-martdagi  “Yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni (PF–61-son) Respublikadagi yoshlarga oid davlat siyosatini amaliy bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim burilish yasadi. Ushbu hujjat nafaqat ma’naviy-axloqiy va huquqiy jihatdan, balki iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmalarda ham keng miqyosli islohotlarni boshlashga asos bo‘ldi. Madaniyat, sport
va ijtimoiy hayotda faol qatnashuv: Yoshlar ijod markazlari, mahallalarda sport inshootlari, teatr, kino va san’at festivallari orqali bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shu jihatdan qaraganda, farmon nafaqat strategik yo‘nalishlarni belgilaydi, balki bu topshiriqlarni aniq raqamlar, manzilli yondashuv va ijro jarayoni uchun alohida mas’ul shaxslar orqali huquqiy jihatdan mustahkamlab beradi. Sud tizimi ham, xususan, ma’muriy sudlar, ushbu yo‘nalishlar ijrosida nazorat va tahlilchi sifatida faol ishtirok etadi. Mazkur yo‘nalishlarning har biri amalda huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan birga, davlatning yoshlar bilan aloqalaridagi ishonchli mexanizmga aylanishi mumkin. Bu esa ijro tizimi va, ayniqsa, sudyalik faoliyatini faollashtirish, huquqiy monitoringni mustahkamlash zaruratini tug‘diradi. Farmon ijrosida sud tizimi va sudya yordamchisining o‘rni O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi faqat nizolarni hal qilish emas, balki huquqiy davlat qurilishi, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamiyatdagi muhim ijtimoiy masalalarning ijrosini nazorat qilishda ham faol ishtirok etmoqda. Aynan yoshlar bilan bog‘liq masalalar ham shular jumlasidandir.

Yoshlar bilan tizimli va ochiq muloqot olib borish, ularning haq-huquqlari, imkoniyatlari, taklif va muammolarini davlat siyosatining markaziga qo‘yish – bu O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda  2025-yil  26-martda qabul qilingan “Yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat siyosatining insonparvar, huquqiy va ijtimoiy adolatga asoslangan strategiyasidir. Xulosa qilib aytganda, mazkur Farmon faqatgina hukumat idoralarining topshirig‘ini emas, balki fuqarolik jamiyatining, xususan yoshlarning huquqiy faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiluvchi fundamental hujjatdir. Prezident farmonida ko‘zda tutilgan “Yoshlar bilan tizimli va samarali ishlash” tamoyilini amalga oshirishning muhim bosqichi hisoblanadi. Ijroda duch kelinayotgan muammolar va xatarlar Prezident farmonida belgilangan vazifalar yoshlar siyosatini tubdan o‘zgartirish, jamiyatda faol, bilimli va huquqiy ongli avlodni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Toshkent  tumanlararo  ma’muriy  sudi  sudya  yordamchisi

Naimov  Mironshox  O’tkirjon o’g’li