Iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka erishish yo‘lida bosqichma-bosqich chuqur islohotlar yo‘lini tanlagan bo‘lsa, ayniqsa so‘nggi yillarda budjet siyosati, moliyaviy boshqaruv va iqtisodiy nazorat sohasida yirik tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlat moliyasi — bu faqat raqamlar yoki hisob-kitob emas, balki jamiyatning ijtimoiy adolatga, taraqqiyotga va samarali boshqaruvga bo‘lgan ishonchidir. Shu nuqtai nazardan, iqtisodiyot va moliya sohasida qabul qilinayotgan har bir
normativ-huquqiy hujjat — fuqarolarning kundalik hayoti, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi munosabatlar, va eng muhimi — davlat boshqaruvi tizimi ustidan nazoratni shakllantirishning muhim vositasiga aylanmoqda. 2025-yil 1-may kuni qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
3290-1-sonli buyrug‘i bu borada navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, unda byudjet intizomini ta’minlash, moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish, hamda davlat xarajatlarining manzilliligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan. Buyruq, avvalo, mahalliy byudjetlar bilan ishlovchi davlat idoralari, mahalliy ijro organlari va davlat muassasalari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, unda xarajatlar ustidan ichki nazorat, moliyaviy tartibga solish mexanizmlari va hisobot yuritish tartiblarining aniq me’yorlari belgilangan. Bunday normativ-huquqiy hujjatlarning amalda qanday ishlashi esa, birinchi navbatda, ularning ijro tizimi — ya’ni, mahalliy davlat organlari, moliya bo‘limlari va sud-huquqiy nazorat instituti orqali aniqlanadi Maqsad — iqtisodiy boshqaruv sohasidagi hujjatlarni nafaqat rasmiy, balki huquqiy nazorat asosida baholash, sud tizimi nuqtai nazaridan samaradorligini o‘rganishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil
1-maydagi 3290-1-sonli buyrug‘i, birinchi navbatda, davlat budjeti mablag‘larining sarflanishi ustidan ichki nazorat va moliyaviy intizomni kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan muhim huquqiy hujjatdir. Buyruq asosida davlat muassasalari, byudjet tashkilotlari va mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilayotgan har bir moliyaviy operatsiya – sarf-xarajat, shartnomaviy majburiyatlar, subsidiya
va kompensatsiyalar – qonuniylik, maqsadlilik va shaffoflik tamoyillari asosida baholanadi. Ushbu buyruqning mazmuni ichki moliyaviy nazoratni kuchaytirish kabi ustuvor yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. Buyruq bilan barcha byudjet tashkilotlari o‘z tuzilmasida moliyaviy nazorat uchun mas’ul alohida bo‘lim yoki mas’ul shaxs tayinlashga majbur qilinmoqda. Bu orqali har bir moliyaviy harakat ustidan real vaqt rejimida nazorat olib borish mexanizmi joriy etiladi. Bu amaliyot bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan muammo – byudjet mablag‘larining maqsadsiz ishlatilishini kamaytirishga xizmat qiladi.
Davlat moliyasi ustidan nazoratning kuchaytirilishi nafaqat ijro organlari faoliyatini tartibga soladi, balki ushbu jarayonni huquqiy jihatdan nazorat qiluvchi sud tizimining mas’uliyatini ham oshiradi. Ayniqsa, budjet mablag‘larining noto‘g‘ri sarflanishi, moliyaviy intizomsizlik, hisobotlarda soxtalashtirish holatlari yoki ichki nazorat bo‘linmalarining befarqligi holatlari ko‘paygan bir sharoitda, ma’muriy sudlar ushbu muammolarning huquqiy yechimini ta’minlovchi asosiy institutga aylangan. Mazkur 3290-1-sonli buyruqning amalda to‘g‘ri ijro etilishi, ayniqsa moliyaviy qarorlar ustidan yuritilayotgan sud ishlarida uning huquqiy asos sifatida ishlatilishi, sud tizimi xodimlaridan chuqur tahlil, aniq qonunchilikka tayanilgan yondashuvni talab etadi. Buyruqda belgilangan tartiblarning bajarilishi to‘g‘risida joylardagi davlat tashkilotlari va moliyaviy idoralar hisobot berishga majburdir. Biroq, real holatda bu hisobotlar ko‘pincha vaqtida topshirilmaydi, noaniq yoki shaffof bo‘lmagan ma’lumotlar asosida tuziladi. Buyruqda belgilangan ichki nazorat mexanizmlari necha foiz holatda to‘g‘ri ishlayotgani, qaysi tuman yoki muassasalarda doimiy kamchiliklar aniqlanayotgani bo‘yicha hisobotlar tuzadi. Bu materiallar orqali sudning ustuvor yo‘nalishlari aniqlanadi, joylardagi moliyaviy muhit huquqiy bahoga tortiladi. Byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning oyliklar, ustamalar yoki kompensatsiyalarga oid da’volari ko‘p hollarda mazkur buyruqdagi tartiblarga bog‘liq.
Ayniqsa, ma’muriy sudlar faoliyati orqali davlat organlarining budjet mablag‘larini boshqarishdagi harakatlari huquqiy mezonlar asosida baholanadi. Bu jarayon, sudya yordamchilari tomonidan olib borilayotgan tahliliy monitoring va huquqiy xulosalar orqali yanada chuqurlashadi Bu asosida sud darajasida «iqtisodiy-huquqiy monitoring xaritasi» shakllantirilmoqda. Buyruqning har bir moddasini real da’volarga tatbiq qilish orqali sudyaning qarorlariga asos bo‘ladigan huquqiy pozitsiyalar ishlab chiqadi. Masalan, 3290-1-sonli Buyruqning 4-bandida ko‘rsatilgan ichki moliyaviy nazoratni bajarmagan tashkilotga nisbatan yuritilgan ishda, aynan shu band asosida tashkilot harakatining noqonuniyligi isbotlangan va sud tomonidan bekor qilingan. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy intizom tamoyillariga asoslangan byudjet siyosati davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlashda eng muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Aynan shu maqsadda ishlab chiqilgan Iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 1-maydagi 3290-1-sonli buyrug‘i esa davlat moliyaviy boshqaruvidagi yangi bosqichni boshlab berdi. Bu hujjat o‘zining mazmuni, vazifalari va tizimli yondashuvi bilan davlat xarajatlari ustidan qonuniy, samarali va adolatli nazoratni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda. Buyruqning normativ jihatdan puxta tuzilganligi bilan bir qatorda, uning amaliy ijrosi — ya’ni uni real hayotda qanday bajarilayotgani — huquqiy nazorat instituti, xususan ma’muriy sudlar faoliyati orqali ro‘yobga chiqadi. Bu jarayonda sud tizimi nafaqat nizolarni hal etuvchi instansiya, balki davlat organlari faoliyatini qonuniylik mezonlari asosida baholovchi hamda profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiquvchi muhim tuzilmadir.
Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudya yordamchisi
Abdulazizov Zayniddin Zarifjon o’g’li