“SUDYА VA YОSHLAR”

        🏛 Toshkent shahar yuridik texnikumida joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Qurbonov Xurshid Rashidovich, sudya yordamchilari A.Dadamuxamedov va S.Karabikovalar hamda ikkinchi bosqich sirtqi ta’lim o‘quvchilari ishtirokida «Sudya va yoshlar» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
        ♻️ Davra suhbatida inson qadri, yoshlarga oid Davlat siyosati, sud tizimi va qonunchiligimizdagi bo‘layotgan yangi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, O‘zbekistonda ma’muriy sudlarning tashkil etilishi va rivojlanishi, ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik, ma’muriy sudga murojaat qilish, ma’muriy sud tomonidan hal etiladigan ishlar, ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari kabi masalalarga hamda sud-huquq sohasiga oid barcha javoblar o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qildi.