“9-dekabr-Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan davra suhbati oʼtkazildi

Toshkent shahar maʼmuriy sudida “9-dekabr-Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan tadbirlar rejasi doirasida sud faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korruptsiyaviy xatarlarning oldini olish maqsadida davra suhbati oʼtkazildi.
Davra suhbatida Oʼzbekiston Sudьyalar assotsiatsiyasi raisi Mingboev Ubaydulla Qurbonovich, sud faxriylari, Oliy sud sudlov hayʼati raisi oʼrinbosari Tursunov Firuz Tolibovich Sudьyalar oliy kengashi sudьyasi Qalandarova Malika Pirnazarovna, Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi masʼul xodimi Latipov Obidjon Аsomiddinovich ishtirok etdi. Davra suhbati jarayonida U.Mingboev va sud faxriylari, sudьyalar va sud xodimlari faoliyati xar doim xal doim xalq koʼz oʼngidaligi, shu sababli ular oʼz vazifalarini vijdonan va halol ado etib hammaga namuna boʼlishlari zarurligini taʼkidlab oʼtdilar.
Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi masʼul xodimi O.Latipov korruptsiyaga qarshi yuzasidan davlat siyosatining ustuvor vazifalari, «komplaens-nazorat» tizimining maqsadi haqida maʼlumot berdi va korruptsiyaviy xatarlarning oldini olishga qaratilgan maxsus videolavha namoyish qilindi.
Oliy sud sudlov hayʼati raisi oʼrinbosari Tursunov Firuz Tolibovich va Sudьyalar oliy kengashi aʼzosi Qalandarova Malika Pirnazarovna oʼz maʼruzalarida maʼmuriy sud faoliyati korruptsiyaning oldini olishda muhim ahamiyatga egaligi, sababi davlat organlarining qarorlari va mansabdor shaxslarning harakatlari yuzasidan shikoyatlarni koʼrib chiqish davomida ularning qonuniyligiga baho berilishi, shu sababdan sudlar har bir qonun buzilishi holatlariga qatʼiy va murosasiz baho berishlari zarurligi yuzasidan tushuntirish berildi.